O‘zbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi (18.02.2025 y. O‘RQ-1031) Qonuniga muvofiq jismoniy shaxslarning omonatlari kafolat ob’ekti hisoblanadi. Kafolat holati yuzaga kelgan taqdirda omonatchi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda kompensatsiya olish huquqiga ega. Omonat qaytarilishi Bankning barcha mulki bilan ta’minlanadi.
Iste’mol kreditini qancha muddatga va qancha foiz hisobidan olishim mumkin?
Iste’mol kreditlari 2 yilgacha muddatga va yillik 28 % ga beriladi
Iste’mol kreditini vakilsiz olishim mumkinmi?
Afsuski, vakil bo‘lishi shart
Iste’mol krediti qanday shaklda taqdim etiladi?
Iste’mol krediti ishlab chiqaruvchi/tovar realizatori omonat hisobiga yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning hisobiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan taqdim etiladi.
Men ikkilamchi bozordan kvartiraga ipoteka kredini olsam bo‘ladimi?
Yo‘q, hozirda bank ikkilamchi bozordan uy/kvartiraga kredit bermaydi.
Men rasman ishlamayman, kredit olishim mumkinmi?
Yo‘q, kredit olish uchun Siz doimiy ish joyiga ega bo‘lishingiz lozim.