Yangilangan: 20-01-2023

Mikroqarz «Farovonlik»

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ajratiladigan mikroqarz

Mikroqarz «Farovonlik»
  • 300 000 000 so'm
    kredit miqdori
  • 30 %
    foiz stavkasi
  • 36 oygacha
    kredit muddati
Ko‘rsatkichQiymati / Tavsifi
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarMehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olinmagan, mehnat staji hisobga olinishi va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar
Mijoz segmenti18 yoshdan oshgan, davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, o‘zini o‘zi band qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish talablari1.    Joriy muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
2.    Sud jarayonidagi kredit qoldiqlari va balansdan tashqari hisobvaraqqa o‘tkazilgan kredit asosiy qarzi va foizlari mavjud bo‘lmasligi;
3.    KATM tizimidagi bahosi 200 balldan yuqori bo‘lishi;
4.    “Qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
Kreditlar bo‘yicha oxirgi 12 oy ichida:
•    60 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
•    90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi
Kredit miqdori300 000 000 (uch yuz) million so’m
Kredit muddati (KM)36 (o’ttiz olti) oygacha
Kreditning imtiyozli davri3 (uch) oygacha
Kreditni ajratish shakliQarz oluvchining “Garant bank” da ochilgan plastik kartasiga pul o‘tkazish yo‘li bilan 
Minimal kredit foiz stavkasi 30 %
Mahsulot bo‘yicha ta’minotKredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda.
Bunda, Pul mablag‘lari.

1.    Ko‘char va ko‘chmas mulklar.
2.    Ishlab chiqarilgan muddati 5 yildan oshmagan avtotransport vositalari.
3.    Qonunchilik hamda bankning joriy kredit siyosati bilan ta’qiqlanmagan boshqa ta’minot turlari olinishi mumkin.

Bankka aloqador shaxslar uchun kredit ta’minoti 130% miqdorda.
beta-версия

So'rovnoma

Shartlarni yaxshilash va xizmatlarimizni siz uchun yanada qulay qilish uchun qisqa so'rovnomani to'ldirishga rozi bo'lsangiz, biz minnatdor bo'lamiz. Sizning fikr-mulohazalaringiz biz uchun juda muhim.
Hurmat bilan, Garant bank.

So’rovnomani to’ldirish