Yangilangan: 02.07.2025

Garant bank fotosuratlar tanlovi g‘oliblari sovg‘alar bilan taqdirlandi

2025-yil 20-iyunda Garant bank tomonidan uning Instagram sahifasida o‘tkazilgan fotosuratlar tanlovi g‘oliblariga sovg‘alar topshirildi. 2025-yil 15-iyun kuni yakunlangan tanlov bank ofislari fonida tushirilgan yorqin suratlar bilan o‘rtoqlashgan ko‘plab ishtirokchilarning e’tiborini tortdi.

Mukofotlar Random.org xizmati yordamida saralab olingan uch nafar g‘olibga ulashildi. Sovg‘alar orasida bolalar velosipedi, “Alisa” aqlli kolonkasi va bolalar uchun quloqchinlar joy olgan. Taqdimot “Garant bank”ining bosh ofisida bo‘lib o‘tdi.

Garant bank barcha ishtirokchilarga ijodkorlik, g‘ayrat va ishtiyoq uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
beta-версия
Batafsilroq